Ma’lumki so‘nggi yillarda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha yurtimizda izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Agar raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak 2016-2019 yillar davomida yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmi – 171,2 foizga, jumladan, meva-sabzavotchilik – 172,6 foizga, chorvachilik mahsulotlari – 170 foizga, o‘rmon va baliqchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish – 177,5 foizga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.
Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport hajmi 1,4 million tonnadan oshib, 2016 yilga nisbatan 1,5 barobarga o‘sishga erishildi. Shu bilan birga, jahon bozorida mahsulotlarga qo‘yilgan sifat va xavfsizlik talablarining tobora kuchayib borishi, respublikamizda yetishtirilayotgan mahsulotlarning xalqaro bozorlardagi o‘rnini mustahkamlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishni talab qilmoqda.
Muhtaram Prezidentimizning “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmoni yurtimizdagi mirishkor bobo dehqonlarimiz tomonidan yetishtirilayotgan meva-sabzavotlarni jahon bozorlarida munosib o‘rin egallashiga keng imkoniyat yaratadi.
Mazkur Farmonda ko‘zda tutilganidek, respublikamizda Organic va Global G.A.P. xalqaro standartlari talablariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish, tartibga solish va muvofiqlashtirish tizimlarini rivojlantirish, mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash, eksport geografiyasini kengaytirish, shuningdek, mamlakatimizning organik mahsulot ishlab chiqarish salohiyatidan to‘liq foydalanish imkoniyatini yanada oshiradi.
Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi tomonidan aniq manzilli dastur belgilandi.
Unga ko‘ra, joriy yil davomida 155 ta korxona va fermer xo‘jaliklarida Global G.A.P.va 9 ta korxonada Organik xalqaro standartlarini joriy etish belgilangan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, bugungi kunda 90 ta korxona va fermer xo‘jaliklarida Global G.A.P. va Organik standartlarini joriy etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash maqsadida Eksportni rag‘batlantirish agentligiga tegishli hujjatlar to‘plami kiritilgan.
Ayni kunlarda viloyatlar kesimida “Global G.A.P.”standartini joriy qilish bo‘yicha belgilangan korxonalarda manzilli ishlar tashkil etilgan bo‘lib 57 ta korxona va fermer xo‘jaliklarida ushbu yo‘nalishda ishlar davom ettirilmoqda.
Hozirga qadar Farg‘ona (1 ta), Surxondaryo (1 ta), Navoiy (1ta), Toshkent (2ta) va Buxoro (4 ta) viloyatlarida jami 9 ta korxona va fermer xo‘jaliklari “Global G.A.P.” standarti asosida sertifikatlashtirildi va xalqaro tashkilot saytidagi reyestrga kiritildi.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты