“O‘zstandart” agentligi tashabbusi bilan joriy yilning 28-29 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi elchisi R.Usmanov, Fransiyadagi elchisi S.Rustambayev va Germaniyadagi elchisi N.Kasimovlar bilan telefon orqali muloqot o‘tkazildi.
Suhbat chog‘ida mamlakatimizda mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qilish istagini bildirgan korxonalarda xalqaro standartlarni joriy etish va sertifikatlashtirish orqali tashqi bozorlarga sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni yetkazib berish asosiy vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.
Respublikamizda ham mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi korxonalarda xalqaro Global G.A.P. va Halol standartlari asosida sertifikatlashtirilgan bo‘lib, hozirda mahsulotlarini eksport qilishda xorij xaridorlarga ehtiyoj mavjudligi, yurtimizda yuzaga kelgan epidemioligik vaziyatdan kelib chiqib, eksportyor korxonalarga qulaylik va yengillik yaratish maqsadida, xalqaro standart talablari asosida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi va Osiyo davlatlariga yetkazish, xorijiy va mahalliy eksportyor korxonalar bilan o‘zaro munosabatlar o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot natijasiga ko‘ra xorijiy hamkorlarga mamlakatimizdagi eksportyor korxonalar faoliyati, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari bo‘yicha ingliz tilida kataloglarini tayyorlashga va tijorat takliflari tayyorlashga, hamda Malayziyaning Halol sanoatini rifojlantiruvchi organi “Jakim” bilan kelasi haftada videomuloqot o‘tkazishga kelishib olindi.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты