O‘tib borayotgan vaqt qadri o‘lchov va natijalari bilan qiyoslanganda me’yorlar hamda xalqaro standartlarga nechog‘lik mos ekanligi ko‘zga tashlanadi. Qisqa vaqt oralig‘ida tadbir bilan qilingan ishlarning samaralari bir necha yillar o‘tsada o‘zining ahamiyati va dolzarbligini yo‘qotmaydi.
Yakunlanayotgan 2019 yil davomida yurtimizda milliy mahsulotlarimizning sifatini oshirish, eksport imkoniyatlarni kengaytirish, tadbirkorlarimizga yaqindan ko‘makdosh bo‘lish, bir so‘z bilan aytganda mamlakatimizda sifat milliy infratuzilmasini shakllantirish borasida bir qancha amaliy natijalarga erishildi.
Joriy yilda “O‘zstandart” agentligi va tizim-tashkilotlari tomonidan 2 660 ta yangi standartlar qabul qilingani, tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida 30 ta standartlar amaliyotdan chiqarilib, 132 tasi qayta ko‘rib chiqilgani mahsulotlarimiz sifatini oshirishga amaliy ko‘mak bo‘ldi.
Shuningdek, respublikamizda faoliyat yuritayotgan 1516 ta korxonalarda profilaktika ishlari o‘tkazilib,
337 ta korxonalar standartlar bilan bepul ta’minlangani, 28 ta korxonalarda xalqaro standartlarning joriy etilgani, hamda 264 ta o‘lchash vositalarining qiyoslashdan o‘z vaqtida o‘tkazilgani yuqoridagi fikrlarimizning amaldagi isboti desak xato bo‘lmaydi.
Bir so‘z bilan aytganda, o‘tib borayotgan yilda sohalar kesimlarida aytishga arzugilik natijali ishlar amalga oshirildi.
“O‘zstandart” agentligi rahbariyati sohada mehnat qilayotgan barcha hamkasblarni, yurtdoshlarimizni yangi yil bayrami bilan tabriklaydi va barchaga mustahkam sog‘lik-salomatlik, oilaviy baxt tilab qoladi!
Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты