Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasida xizmatlar sifatini oshirish borasida muayyan sa’y-harakatlar amalga oshirmoqda.
Mamlakatimizda har bir sohada bo‘lgani kabi “O‘zstandart” agentligi tizimi sohasida ya’ni, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish yo‘nalishlarida ham yangilanish va rivojlanish kuzatilmoqda. Bu borada qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar soha rivojiga xizmat qilayotir.
Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi ushbu me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan metrologik xizmatlar sifatini oshirish borasida muayyan sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, markazning metrologiya bo‘limida foydalanib kelinayotgan o‘lchov vositalarining ko‘pchiligi ma’nan eskirgani sababli, markazning namunali o‘lchov vositalari bazasini takomillashtirish va zamon talabiga javob beradigan namunali o‘lchash vositalari xarid qilish uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan.
Ushbu dasturga asosan markazimiz tomonidan sifatli metrologik xizmat ko‘rsatishda zamon talabiga javob beradigan, har tomonlama foydalanish uchun qulay bo‘lgan Rossiya, Germaniya davlatlarida ishlab chiqarilgan namunali svetofiltrlar to‘plami xarid qilindi. Bu orqali bo‘limning akkreditatsiya doirasi kengayib, tibbiyotda tashxis qo‘yishda foydalaniladigan EKG, EEG, EMG, RG turdagi hamda bioximik analizatorlarini qiyoslash o‘zlashtirildi. Bundan tashqari Daniya davlatida ishlab chiqarilgan namunali o‘lchash uskunasi xarid qilinib, metrologiya bo‘limining tok transformatorlarini qiyoslash bo‘yicha akkreditatsiya doirasi kengaytirildi.
2018 yil davomida qiyoslash laboratoriyasiga zamonaviy gaz hisoblagichlarni qiyoslash uskunasi va yuqori aniqlikdagi +33 0S dan +700 0S gacha o‘lchash ko‘lamli harorat kalibratori xarid qilindi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot muassasalaridagi va ishlab chiqarish korxonalaridagi ko‘plab o‘lchash vositalarini markazda qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
Markaz tomonidan aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida maishiy gaz, suv, elektr hisoblagichlarni qiyoslash ishlarini amalga oshirish uchun markazdan uzoq tumanlarda yashovchi aholiga, ya’ni Mirzacho‘l tumani hamda Paxtakor tumanlarida manzilli dasturga asosan gaz hisoblash uskunalarini qiyoslash shoxobchalari tashkil etildi.
Bundan tashqari, markaz qoshida gaz, elektr va suv hisoblagichlarni ta’mirlashga ixtisoslashgan “Standart lyuks servis” ma’suliyati cheklangan jamiyati tashkil etilib, aholiga barcha qulayliklar yaratilmoqda.
Joriy yilda ham hududda metrologik xizmat ko‘rsatish ko‘lamini yanada kengaytirish, aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish va sifatli xizmat ko‘rsatishni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘taradi.
Manba: O'za
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты