Jurnalistlar hamda tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalarining vakillari qatnashgan davra suhbatida 2018 yil 12 dekabr kuni Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati va unda belgilab berilgan ustivor vazifalar xususida ma’lumot berildi.
Shuningdek uchrashuv davomida yurtimizda yangi ishga tushirilayotgan ishlab chiqarish quvvatlari va investitsiya loyihalarini qisqa muddatlarda amalga oshirishni ta’minlash maqsadida loyiha tashabbuskorlari uchun bojxona rasmiylashtiruvida sertifikatlashtirish jarayonlarini soddalashtirish, qabul qilingan qarorning asosiy mohiyatini tashkil etganligi e’tirof qilindi.
Jumladan, xususiy biznesni ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan, texnika va texnologik uskunalarni, butlovchi va ehtiyot qismlarni, shuningdek ishlab chiqarishda foydalaniladigan nooziq-ovqat mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etilgani, o‘lchash vositalarini xorijiy davlatlarning sertifikatlari asosida respublikamizga olib kirishga ruxsat berilgani, hamda aynan bir turdagi mahsulotni ijobiy sinov natijalarini qabul qilgan holda, takrorlovchi sinovlardan o‘tkazilishining oldi olingani borasidagi o‘zgarishlar keng yoritildi.
Uchrashuv so‘nggida jurnalistlar va tadbirkorlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты