Ona O‘zbekistonimizning har bir qarich tuprog‘i aziz va muqaddas. Jahondagi qadimiy shaharlar, odatda o‘zining tarixiy obidalari, qal’a va devorlari, minoralari bilan mashhur. Yurtimizdagi har bir shaharu-kentlar, tarixiy qadamjolarning barchasi aziz siymolar, ma’rifat-ma’naviyat daholarining nomlari bilan bog‘liq.
Buxoriylarni tanimaganlar aslo Buxoroni tanimaydilar. Daho Samarqandiylardan bexabar inson esa Samarqanddan bexabardir. Qadimiy Termizning shonu-shavkati, e’tibori va sharafi ham mangu Termiziylar bilandir. Termizning abadiy bezavol qal’alari ulug‘ Termiziylar hisoblanadi.
Mashhar taloshida iymondan bo‘lak
Nima bor najotga berguvchi imkon?
Termiziy bermasa ma’nodan darak,
Termizni tanirdi qaysi bir inson?!..
Olovqalb va ma’rifatli ajdodlari qoldirgan boy ma’naviy merosdan kuch-quvvat olib yashayotgan Surxon elida mard va tanti, o‘zining mehnatsevarligi, yurt-millat rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarimiz ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Surxondaryo sinov va sertifikatlashtirish markazida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shoir-yozuvchilar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, jurnalistlar va boshqa sohaning vakillari ajdodlar o‘giti, bugungi avlodlar uchun o‘ta muhim ekanligini ta’kidladilar.
Seminar-trening jarayonida xodimlarga o‘z faoliyatlarida odob-axloq qoidalari, muomila madaniyati, murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, tadbirkorlarga ko‘maklashish va odamlar bilan samimiy muomilada bo‘lishlari xususida o‘zlarining mulohazalarini bildirdilar.
Uchrashuv nihoyasida savol-javoblar ham bo‘ldi.
Axborot xizmati