Joriy yilning 3 oktyabr kuni “O’zstandart” agentligining boshqarma boshliqlari ishtirokida “O’zbekiston milliy metrologiya instituti” DK mutaxassilari uchun amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.
Amaliy mashg‘ulotda mutaxassilarga texnik jixatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va sertifikatlashtirish sohalaridagi qonun hujjatlari hamda ularga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, mashg‘ulot davomida mutaxassislar mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Amaliy mashg‘ulot so‘ngida bu kabi tadbirlar davomiy bo‘lishi hamda o‘zaro fikrlar almashinuvi soha rivojiga xissa qo‘shishi ta’kidlandi.