“O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining topshirig‘i asosida, qo‘shma korxonalarni tashkil etish va investitsiyalarni jalb etish maqsadida 18 may kuni Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasida “Honeywell” kompaniyasining Rossiyadagi rasmiy distribyutorlari bilan birgalikda, Qashqadaryo viloyati hududida neft va gaz sohasida faoliyat yuritayotgan yirik korxonalar Lukoyl O‘zbekistan opereyting kompani MChJ, Enter Engineering Pte Ltd, Erill kompaniyasi, Muborakneftgaz MChJ, Shurtanneftgaz MChJ, Muborak GKIZ MChJ, Shurtan gaz kimyo majmuasi MChJ, Gissarneftgaz KK MChJ vakillari hamda markaz raxbariyati ishtirokida Gazoanalizatorlarni qiyoslash uchun foydalaniladigan gaz aralashmalarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona ochish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan “Honeywell” kompaniyasining Rossiyadagi rasmiy distribyutorlari «Tandes» kompaniyasi bosh direktori Koryavina Natalya Yurievna hamda gaz tahlili yo‘nalishi bo‘yicha boshqaruvchi Rыtov Oleg Viktorovichlar o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qilishdi. Yig‘ilishda markaz direktori U.Amirqulov, metrologiya bo‘limi boshlig‘i J.Tadjiyev, Lukoyl O‘zbekistan opereyting kompani MChJ metrologi J.Ro‘ziqulov, Erill kompaniyasi metrologiya bo‘yicha bosh mutaxassisi X.Shukurov hamda Shurtanneftgaz MChJ laboratoriya boshlig‘i A.Bozorovlar ham mazkur masala yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bayon etdilar.
Qo‘shma korxona tashkil etilsa bugungi kunda Respublikamizda neft va gaz sohasi bo‘yicha dolzarb bo‘lib turgan Gazoanalizatorlarni qiyoslash uchun foydalaniladigan gaz aralashmalari chet davlatlardan olib kelinmasdan o‘zimizda (mahalliy) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu bilan tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarga iqtisodiy tomondan qo‘layliklar yaratiladi, qo‘shimcha ishchi o‘rinlari ochiladi hamda Respublikamizdan chetga chiqib ketadigan valyutani tejab qolinishiga erishiladi.
Qashqadaryo SSM DK va “Honeywell” kompaniyasi Rossiyadagi rasmiy distribyutorlari o‘rtasida Gazoanalizatorlarni qiyoslash uchun foydalaniladigan gaz aralashmalarini ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan qo‘shma korxona ochish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты