“O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan yurtimizda joriy etilgan “Halol” standartlarining qabul qilinishi mahsulot eksport salohiyati ortishiga, “Halol” turizmni rivojlantirish orqali turistlar oqimining ko‘payishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Samarqand viloyat hokimligida “O‘zstandart” agentligi, “O‘zbek Turk-test markazi” qo‘shma korxonasi, Musulmonlar idorasi vakilligi, Turizm rivojlantirish qo‘mitasi viloyat Departamenti bilan hamkorlikda “Turizm sohasida umumovqatlanish shaxobchalari faoliyatini tashkil etishda “Halol” standartining o‘rni” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda Musulmonlar idorasi viloyat vakili Yo.Mansurov, “O‘zbek Turk-test markazi” qo‘shma korxonasi direktori M.Xamzayev, “O‘zstandart” agentligi hududiy boshqarma boshlig‘i M.Saidov, hududiy markazi direktori S.Qo‘shshoqov, markaz idora rahbari F.Shokirovalar ma’ruza qildi.
“Halol” turizm bo‘yicha tashkil etilgan seminarga taklif qilingan mehmonxona, yirik umumiy ovqatlanish korxonalari, turistik korxonalar vakillari qiziqishiga sabab bo‘ldi, ularning faol ishtiroki tufayli seminar savol-javoblar hamda qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.
Oilaviy hordiq chiqarish, hamyonbop turar joylarda tunab, sifatli, ozoda ovqatlanish shoxobchalarida taomlanish. Kamchiqimlikni xush ko‘ruvchi va isrofdan o‘zini tiyadigan kishilar uchun yaratilgan xizmat bo‘lmish “Halol turizm” yuzasidan xizmatlarni tashkil etish hamda sertifikatlashtirish masalalarida katta qiziqish bildirildi.
Samarqand viloyati turizm salohiyati yuqoriligi, har bir soha kabi ushbu sohani rivojlantirishda Davlatimiz rahbari darajasida katta e’tibor qaratilayotganligi, bu borada O‘zbekiston Resrublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi “2018-2019 yillarda Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3609-sonli qarori ham so‘zimizning yaqqol isbotidir.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты