Qadimdan xalqimiz halol yashab ro‘zg‘or tebratishga odatlangan. Shu bois bo‘lsa kerak halollik tushunchasi bizda azal-azaldan qadrlanib kelingan. Yoshimiz, kasbi-korimizdan qat’iy nazar ko‘chada barchamiz iste’molchiga aylanamiz.
Savdo rastalari yoki bozorlardan mahsulotni xarid qilamiz. Albatta mahsulotni sotuvchilar bizga tekinga bermaydi, bu hammaga ma’lum bo‘lgan haqiqat. Ammo bozorlarimizdagi tarozilarning bugungi holati qanday?
Poytaxtimiz bozorlari elektron tarozilar bilan to‘liq ta’minlanganmi? Mavjud tarozilar bozor ma’muriyatiga tegishlimi yoki xususiy tadbirkorlargami?
Keling bu borada «O‘zstandart» agentligi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijalariga e’tiboringizni qaratsak.
Poytaxtimizdagi dexqon bozorlarida jami savdo o‘rinlar soni 18003 tani tashkil etadi. Shundan tarozi talab etiladigan savdo o‘rinlari soni esa 8911 tani tashkil qiladi.
Har ikkita savdo o‘rni uchun 1 dona tarozi hisobida, jami 4455 dona tarozilar talab etiladi. Hozirgi kunda dehqon bozorlarda esa 2440 dona tarozilar mavjudligi aniqlandi. Bularning 1452 dona dexqon bozorlari xisobidagi va 988 dona sotuvchilarning xususiy tarozilari hisoblanadi. Achinarli tomoni shundaki, hozirgi kunda 2025 dona tarozilar yetishmaslik holati yuzaga kelmoqda.
Shu o‘rinda ikkinchi muammo ham ko‘zga tashlanadi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, hozirda “Chilonzor dehkon bozori”, “Navruz dehkon bozori” hamda “Qopa-Qamish” dehkon bozorlariga tegishli bo‘lgan tarozi va tarozi toshlari hamda nazorat tarozilari ham davlat metrologik tekshiruvidan o‘tkazilmasdan ishlatilmoqda. Bunday holat albatta iste’molchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Bu esa uz navbatida, “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunning 14, 17-moddalari hamda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘grisida”gi Qonunning 8-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-sonli “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori 1-ilovasi 15-bandi talablarining buzilishiga olib kelmokda.
Bugungi kunda, Toshkent shahri dehkon bozorlarida tarozilar yetishmasligi oqibatida sotuvchilar davlat qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazmasdan shahsiy tarozilardan foydalanishlariga yo‘l qo‘yilmoqda.
Jumladan, «Aviasozlar» 76 dona tarozi yetishmaydi, «Askiya» - 39 dona, «Chilonzor» - 31 dona, «Navro‘z» -112 dona, «Oloy» - 37 dona, «Sirg‘ali» 115 dona, «Farxod» - 272 dona, «Eski juva» - 98 dona, «Yunusobod» - 76 dona, «Qo‘yliq - 103 dona, «Qora-qamish» - 29 dona elektron tarozilarga ehtiyoj borligi ma’lum bo‘ldi. Jami 988 dona tarozilar xarid qilinishi lozim.
Vaholanki Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-sonli qarori bilan tasdiklangan “O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish Qoidalari”ning 23-bandiga asosan faqat bozor ma’muriyati tomonidan takdim etilgan tarozilar va boshqa o‘lchov asboblaridan foydalanish (turg‘un savdo shaxobchalaridan tashqari) belgilab o‘tilgan.
Shu o‘rinda “O‘zstandart” agentligi iste’molchilardan bozorlarda mahsulot xaridini amalga oshirish jarayonida tarozilarning muvofiqlik sertifikatlarini so‘rashlarini yana bir bor tavsiya etadi.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты