“2016 yil 1-yarim yilligi uchun “Mamlakatimiz hayotidagi muhim ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan matbuot anjumanlarining yagona rejasi”ga asosan shu yilning 20 may soat 15.00 da Milliy matbuot markazida “O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etiladi.
Unda faol ishtirok etib, Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojdantirish va ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni oldini olish hamda ularning faoliyatini qo‘llab quvvatlash va korxonalarda sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish sohasida bajarilayotgan ishlarning ko‘lami haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishingiz, hamda bu jarayonda o‘zingizni qiziqtirayotgan savollaringiz bilan qatnashishingiz mumkin.
Axborot xizmati