Xalqaro press-klub sessiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, dastlabki natijalar, kelgusi rejalar haqida so‘z yuritildi.
Mavzu yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari Temur Ishmetov va boshqa mas’ul vakillar ma’lumot berdi, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
Ta’kidlandiki, mamlakatimiz iqtisodiyotida amaldagi islohotlar yaxshi samara bermoqda. Xususan, valyuta siyosatini liberallashtirish borasidagi chora-tadbirlar investitsiya jozibadorligini tubdan yaxshilash, eksport salohiyatini oshirish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini barqaror rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Ichki valyuta bozorini liberallashtirish doirasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Unga ko‘ra, bank tizimi barqarorligini mustahkamlash maqsadida banklarning ustav kapitallari davlat qo‘yilmalari hisobidan ko‘paytirildi. Markaziy bankning tijorat banklarini likvidlik bilan ta’minlash mexanizmlari faollashtirildi. Ichki bozorni ijtimoiy zarur tovarlar bilan to‘ldirish, tovarlar importida bojxona va boshqa to‘lovlar hisobiga narxlarning keskin o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida import stavkalari qayta ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, milliy valyutaga nisbatan ishonchni mustahkamlash uchun ichki bozorda barcha hisob-kitob va to‘lovlar faqat so‘mda amalga oshirilishi bo‘yicha me’yorlar o‘rnatildi. Bugungi kunda so‘mning ayirboshlash kursi valyuta birjasining kunlik banklararo savdolarida shakllanmoqda. Markaziy bankning banklararo savdolardagi ishtiroki minimallashtirildi.
Joriy yil sentabr oyidan buyon jismoniy shaxslardan 644 million, yuridik shaxslardan 915 million AQSh dollari sotib olindi. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka va xususiy tadbirkorlarga valyuta sotishning soddalashtirilgan mexanizmi qo‘llanilmoqda. Ta’kidlash joizki, o‘tgan ikki oyda aholining milliy valyutadagi muddatli bank depozitlari qoldig‘i 9 foizga o‘sdi. Bu aholining olib borilayotgan pul-kredit siyosatiga nisbatan ishonchi ortib borayotganini tasdiqlaydi.
Markaziy bank mutaxassislari ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatimiz miqyosida banklarga sotilayotgan valyuta qimmatliklarining 29 foizi Toshkent shahrida amalga oshirilgan. Bu jarayon Farg‘ona viloyatida 11 foizni, Samarqand va Andijon viloyatlarida 9 foizni tashkil etadi. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotilayotgan xorijiy valyutaning 98 foizi AQSh dollariga to‘g‘ri kelgan.
Xalqaro press-klub sessiyasida mutaxassislar ta’kidlashicha, valyuta bozorini erkinlashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sharoitlarini yaxshilash mamlakatimizga xorijiy valyuta kirib kelishining barqaror o‘sishini ta’minlay boshladi. Iqtisodiyotda kuzatilayotgan o‘zgarishlar va biznes hamjamiyati kutilmalarining yaxshilanishi tufayli 9 oy mobaynida eksport tushumlari hajmi 20 foizdan ziyodga oshgan.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты