Davlat va jamiyat hayotida ro‘y berayotgan tub o‘zgarish va islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, avvalo, bozor iqtisodiyoti sharoitida mustahkam bilimga ega, O‘zbekistonning bugungi tashqi va ichki siyosati yo‘nalishlarini tushunadigan, tahlil eta oladigan yosh va tashabbuskor kadrlarni taqozo etadi.
Shu ma’noda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida 3 noyabr kuni “Davlat xizmati tizimini isloh qilish sharoitida davlat kadrlar siyosati: O‘zbekiston tajribasi va xorijiy amaliyot” mavzuida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi vakolatxonasi, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Singapur, Janubiy Koreya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlardan ekspertlar, xalqaro tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, akademiya tinglovchilari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori R.Qosimov, BMT rezident-koordinatori, BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi doimiy vakili X.Freyzer, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi K.Allan va boshqalar O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida davlat va jamiyat boshqaruvini takomillashtirishda har tomonlama yetuk, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta o‘zlashtirgan, boshqaruvning huquqiy asoslari va zamonaviy usullaridan xabardor, yetakchilik fazilati, shuningdek, strategik rejalashtirish va favqulodda sharoitlarda to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan yosh rahbar kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Bunday sa’y-harakatlar jamiyatni ma’naviy yangilash, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidagi intilishlarni yuqori pog‘onaga olib chiqishda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.
Konferensiyani o‘tkazishdan asosiy maqsad – Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmati to‘g‘risida”gi va “Davlat-xususiy sherikligi to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalarini muhokama qilish, davlat boshqaruvida yuqori malakali kadrlarni tanlash va tayyorlashda milliy hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganishdan iborat.
– Globallashuv sharoitida intellektual salohiyatli kadrlarni tanlash boshqaruv tizimida texnik va texnologik yangilanish dasturlarini izchil joriy etish imkonini beradi, – dedi Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Fotima Jakipova. – Bugungi konferensiya mamlakatlarimiz rahbarlari tomonidan ishlab chiqilgan keng ko‘lamli yangilanishlarni hayotga joriy etishga qodir davlat xizmati xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash kabi muhim masalalar muhokamasiga bag‘ishlandi. Tadbir davlat xizmatchilari malakasini oshirishning zamonaviy tendensiyalari borasida fikr almashish, davlat va jamiyat boshqaruvida fundamental tadqiqotlar yo‘nalishidagi g‘oyalarni umumlashtirish va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Forum sho‘balarida davlat xizmatining qonunchilik asoslarini takomillashtirish holati va uning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ma’muriy islohotlar konsepsiyasi, kadrlar siyosatini amalga oshirishning samarali tizimlari, davlat-xususiy sherikligini joriy etish kabi masalalar muhokama qilindi.
– Mamlakatimizda ilg‘or xalqaro tajriba asosida davlat xizmatchilari faoliyatining samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – dedi Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professori Dilfuza Rahimova. – Chunonchi, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyati ham jahon miqyosidagi yutuqlar asosida yuksak ijodiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil qarashlarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Forum bu boradagi ishlarni hayotga maqsadli joriy etishda o‘zaro tajriba almashish uchun qulay sharoit yaratdi.
Forumda xorijiy ekspertlar ishtirokida davlat xizmati tizimi va O‘zbekiston Respublikasining davlat kadrlar siyosatini takomillashtirish bo‘yicha kelgusidagi harakatlar dasturi loyihasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты