Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida mamlakatimizda metrosozlik istiqbollari muhokama qilindi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari, “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi boshlig‘i Oybek Xudoyqulov, “Ko‘prik qurilish tresti” unitar korxonasi boshqaruvchisi Zafar Mahamatov, yangi qurilayotgan metro loyihasi bosh muhandisi Eduard Kim poytaxtimiz metropoliteni yangiliklari, yangi metro liniyasi qurilishi haqida ma’lumot berdi.
O‘tgan yili Sergeli tumanida uzunligi 7 kilometrdan ziyod metro qurilishi, Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida esa qo‘shimcha 3 bekatdan iborat yer osti metro yo‘lini barpo etish ishlari boshlangan edi. Ayni kunlarda mazkur ob’ektlarda qurilish-montaj ishlari jadal davom etmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 28-oktabr kuni Toshkent shahrida yer usti xalqa metro liniyasini barpo etish ishlari bilan tanishdi. Yangi loyihani samarali va sifatli amalga oshirish, xususan, aholiga qulaylik yaratish maqsadida qurilish ishlarini 2020-yilgacha to‘liq topshirish bo‘yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.
Mutasaddilarning ma’lum qilishicha, mazkur yirik qurilish loyihasi rejasi “Boshtransloyiha” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Yo‘nalishning 50,5 kilometri balandligi 6 metrlik estakadalar orqali o‘tkaziladi. Uning 1,6 kilometri esa yer ustida quriladi. E’tiborlisi, qurilish jarayonida birorta ham inshoot, uy-joy buzilmaydi.
Qurilish besh bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab Toshkent metropolitenining “Do‘stlik” bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan 8 bekatdan iborat qismi quriladi. Keyingi bosqichlarda u “Olmazor”, “Beruniy” hamda “Bodomzor” bekatlari bilan tutashtirilib, yaxlit metro xalqasi barpo etiladi. Loyihaga ko‘ra, mazkur metro yo‘li Yashnobod, Uchtepa, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlari hududidan o‘tadi.
Shu kunlarda temir-beton ustunlarni quyish ishlari bajarilmoqda. Ularning ustiga eni salkam 11 metrlik moslamalar o‘rnatilib, “po‘lat izlar” yotqizilgach, poyezdlar bir vaqtning o‘zida qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanadi. E’tiborli yana bir jihat: qurilishda to‘liq o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan materiallardan foydalanilmoqda. Yurtimizning eng tajribali muhandislari, mutaxassislar, quruvchilardan iborat katta bunyodkorlik jamoasi tinimsiz mehnat qilmoqda.
Xalqaro press-klub sessiyasida mutaxassislar qurilishni o‘z vaqtida yakuniga yetkazish uchun barcha sharoit mavjud ekanini alohida ta’kidladi. Jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты