“O‘zstandart” agentligi joriy yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili deya nomlangani bois o‘z faoliyatida fuqarolar bilan yaqindan muloqot qilishga, ular tomonidan Standartlashtirish,metrologiya va sertifikatlashtirish sohalariga oid murojaatlariga o‘z vaqtida javob berishga ustivor vazifa sifatida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Ayniqsa, agentlik rahbariyati tomonidan hududlarda, olis tumanlar kesimida tashkil etilayotgan sayyor qabullarning mahalliy hokimliklar va boshqa manfaatdor tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgani o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
Navbatdagi Sayyor qabul Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining matbuot kotibi A.Rasulov, Surxondaryo Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i G‘.Karimov, Surxondaryo Sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori E. Mengliyev va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.
Sayyor uchrashuv davomida muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yil 28 aprelda imzolangan “O‘zstandart” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori va unda belgilab berilgan ustivor yo‘nalishlari haqida batavfsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga “O‘zstandart” agentligi tizimdagi muhim yangiliklar, aholi va tadbirkorlar uchun yaratib berilayotgan qulaylikla va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan dasturlar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv savol-javob tarzda tashkil etilib, ishlab chiqarish korxonalari vakillarining savollariga batavfsil javob berildi.
Kelgusida bunday uchrashuvlar viloyatning barcha tumanlarida ham tizimli o‘tkazilishiga kelishib olindi.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты