Yoshimiz yoxud qaysi sohada mehnat qilishimizdan qat’iy nazar, ko‘chada barchamiz iste’molchiga aylanamiz. Shunday ekan kundalik hayotimizda bozorlar yoki yirik savdo do‘konlaridan mahsulot xarid qilayotganimizda albatta tarozilar bilan bog‘liq holatlarga duch kelamiz.
Shunday bir jarayonda tarozilarning to‘g‘ri ishlayotgani, yoki bo‘lmasa o‘z vaqtida davlat qiyoslovidan o‘tkazilganmi degan savollarimizga har doim ham javobni olishga iymanamiz yoki bu yog‘i “o‘zbekchilikda” deb yo‘limizda davom etamiz.
Agar sizda bunday savollarga javob olish uchun vaqt yoki imkon topilmasa, “O‘zstandart” bu borada sizga yaqin ko‘makchi ekanligini yoddan chiqarmang.
Keyingi qisqa vaqt ichida birgina poytaxtimiz bozorlarida o‘rganilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pgina bozorlarda aholi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, bozor rastalarida iste’molda bo‘lgan elektron tarozilar iste’molchilar talabini mutloqo qondirmasligi ma’lum bo‘ldi.
Keling e’tiboringizni aniq raqamlarga qaratsak.
“Aviasozlar” dehqon bozorida reja jadvali asosida 100 dona elektron tarozilari xarid qilinishi lozim edi. Amalda esa 70 dona sotib olindi xolos.
Yoki bo‘lmasa, “Oloy” dehqon bozorida rejaga asosan 100 dona tarozi sotib olinishi belgilangan, afsuski hozirgi kunda bozorda atiga 10 dona tarozi xarid qilindi.
“Sirg‘ali” dehqon bozorida ham belgilangan rejaga asosan 130 dona elektron tarozilar olinishi kerak edi. Ming afsuslar bo‘lsinkim, bugungi kunda bozor ma’muriyati tomonidan bor yo‘g‘i 20 dona tarozi sotib olinganini qanday izohlash mumkin. Borlari ham xususiy tadbirkorlaga tegishli. (Eslatib o‘tamiz bozor hududida xususiy tarozilar bilan savdo qilish ta’qiqlanadi.)
Endi xulosa qilish navbati sizning hukmingizga havola.
Hurmatli iste’molchilar, “O‘zstandart” agentligi sizlarni bozorlarda biror-bir xaridni amalga oshiradigan bo‘lsangiz, albatta tarozilarning tegishli sertifikati borligiga e’tibor qaratishingizni so‘raydi.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты