Avval xabar qilganimizdek, “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining topshirig‘iga asosan Respublikamizning barcha viloyatlarida, tumanlarida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Navbatdagi targ‘ibot uchrashuvlari Navoiy, Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlarida bo‘lib o‘tdi. Targ‘ibot tadbirlarida jismoniy va yuridik shaxslar, ishlab chiqarish korxonalarining vakillari, tadbirkorlar, eksportga ko‘maklashish jamg‘armasi, Bojxona va soliq idoralarining mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Ochiq va savol javob shaklida tashkil etilgan uchrashuvlarda muhtaram Prezidentimizning “O‘zstandart” agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorining mazmun-mohiyati haqida to‘liq ko‘rgazmali ma’lumotlar yordamida axborotlar berildi.
Bulardan tashqari, Sertifikatlashtirishning tartib qoidalari va mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar va tarqatma materiallari berildi.
Targ‘ibot tadbirlarida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining matbuot kotibi A.Rasulov, Eksportga ko‘maklashishi byurosi direktori N. O‘rozqulov va hududiy boshqarma va markazlarning rahbarlari ishtirok etib, tadbirkorlar bilan hamkorlikda ishlash rejalarini kelishib oldilar.
“O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining topshirig‘i asosida bunday uchrashuvlar, targ‘ibot tadbirlari Respublikamizning barcha hududlarida tizimli o‘tkazilishiga kelishib olindi.
E’tiborli tomoni shundaki, targ‘ibot uchrashuvlarida tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulotlarni eksport qilishga oid ko‘plab murojaatlar bildirilib shu yerning o‘zida mutasaddi tashkilotlardan kelgan vakillar ko‘magida ularga amaliy yordam berildi.
Mazkur targ‘ibot tadbirlari mahalliy telekanallarning axborot dasturlari va gazetalarining sahifalarida keng yoritildi.
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты