“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan 2017 yilning 7 iyunida tasdiqlangan “2017 yil II-yarim yillikda viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga asosan joriy yilning 29 iyul kuni “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.A.Xaitovning Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida faoliyat yurituvchi jismoniy va yuridik shaxslar bilan “Sayyor qabul” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.A.Xaitov boshchiligida o‘tkazilgan “Sayyor qabul” uchrashuvida Sirdaryo tuman xokimi S.Nazarov, “O‘zstandart” agentligi Matbuot va axborot-tahlil kotibiyati boshlig‘i A.G‘.Rasulov, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi direktor o‘rinbosari A.P.Mustafayev, shuningdek Sirdaryo viloyat Savdo sanoat palatasi, Tashqi savdo vazirligi Sirdaryo viloyat vakili, Sirdaryo viloyati Bojxona boshqarmasi, Sirdaryo tumani Soliq inspeksiyasi, DSENM, DT Xalq banki, ATB Mikrokredit banki, Veterinariya bo‘limi,Tuman gaz ta’minot bo‘limi, Tuman elektrtarmoqlari, “Yagona darchasi”, Sirdaryo SMB va Sirdaryo SSM DK raxbarlari va xodimlari, Sirdaryo tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, eksportyor korxonalar vakillari, kichik va o‘rta biznes sub’ektlari, MFY vakillari va jismoniy shaxslar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishni Sirdaryo tuman xokimi S.Nazarov ochib berdi va yig‘ilishning asosiy maqsadi Sirdaryo tumanida faoliyat yuritayotgan jismoniy va yuridik shaxslar bilan uchrashish, ularni qiziqtiradigan sohaga tegishli muammoli masalalarini o‘rganish, shu bilan birgalikda Jismoniy va yuridik shaxslarga boshqarma hamda markaz tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlari, yaratilayotgan qulayliklarni yetkazib berish ekanligini aytib o‘tdi.
“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.A.Xaitov o‘z so‘zida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori va ularning o‘rinbosarlari tuman va shaharlarda bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazishlari, ular uchun maxsus qabullar uyushtirishlari, mavjud muammolarning yechimini topishda amaliy yordam ko‘rsatishlari, zarurat tug‘ilgan taqdirda ko‘rilayotgan masalalar Hukumat darajasiga ko‘tarish lozimligini qayd etdi.
Shu bilan birga, shu kabi sayyor uchrashuvlar Respublikaning barcha shahar va tumanlarida o‘tkazilib kelinayotganligini ta’kidlab, uchrashuv qatnashchilarini faolroq bo‘lishga, o‘zlaridagi mavjud muammolarni ochiq-oydin aytishga chaqirdi.
A.A.Xaitov o‘z so‘zini davom ettirib, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan fuqarolarning davlat idoralariga murojaat qilishi, maqsad-muddaolarini amalga oshirilishini ta’minlaydigan tizim yaratilayotganligi, 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilingani, Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingani, mahalliy xokimliklarda “xalq qabulxonalari”, vazirlik va idoralarda virtual qabulxonalar tashkil etilgani ana shu maqsadga xizmat qilayotganligini gapirib o‘tdi.
So‘ngra “O‘zstandart” agentligi Matbuot va axborot-tahlil kotibiyati boshlig‘i A.Rasulov so‘z olib o‘z so‘zida “Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, eksportda fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishtirokini xar tomonlama rag‘batlantirish” yo‘nalishida Xukumatimiz tomonidan keng qamrovli ishlar olib borilyotganligi, jumladan 2016 yilning 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4848-sonli Farmoni shu islohotlarning uzviy davomi ekanligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 fevraldagi “Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2750-son va 2017 yil 28 apreldagi “O‘zbekiston standartlashrish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2935-son hamda 2017 yil 21 iyundagi PQ-3077 “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarning yanada qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyuldagi 475-sonli “Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, O‘zbekiston Respublikasi xududida ishlab chiqariladigan va olib kiriladigan mahsulotlar turlari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish xaqidagi” qarorlari qabul qilinishi tadbirkorlikni rivojlantirishda muxim axamiyat kasb etishini gapirib o‘tdi.
Tadbirkorlar uchun yaratilgan “yagona oyna”, “murojaatlarni onlayn kabul kilish” tizimlari, vazirlik va idoralarda o‘rnatilgan ishonch telefonlari biznesni rivojlantirishga, texnik to‘siqlarni bartaraf etishga shuningdek, shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan. Bu borada “O‘zstandart” agentligi tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirilib kelinganligi to‘g‘risida xam aytib o‘tdi.
Shundan keyin sayyor qabul uchrashuvi qatnashchilariga Sirdaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda “Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi faoliyati, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risidagi video-rolik namoyish etildi .
Qolaversa, markazning elektron sayti tashkil etilgan bo‘lib, unda “murojaatlarni onlayn qabul qilish” hamda sohaga oid ma’lumotlarni olish mumkinligini aytdi. Muvofiqlik sertifikatlarini olishda agentlik xizmatlarini ko‘rsatish va import maxsulotlariga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatlarini “TAMEKS” Tovarlarni bojxona ekspertizasi elektron dasturiga kiritilishi tadbirkorlarning bojxona hujjatlarini rasmiylashtirishda vaqtlari tejalishi to‘g‘risida, shu bilan birga sifat tizimini joriy etish tizimi, ya’ni korxonalarda qanday hujjatlar ishlab chiqilishi, sertifikatlashtirish ishlari hamda sifat tizimining mazmun mohiyati va uning afzalliklari to‘g‘risida birma-bir tushunchalar berdi.
Yig‘ilish ishtirokchilariga, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, sifat tizimi to‘g‘risidagi bukletlar to‘plamlari tarqatildi va ishtirokchilarning soxaga oid qiziqtirgan savollariga javob berildi.