Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro standartlarni va texnik reglamentlarni tizimli joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi Milliy etalonlar bazasini rivojlantirish asosida mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, “O‘zstandart” agentligi tuzilmasini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish maqsadida 2017 yil 28 aprelda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Milliy matbuot markazida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida mazkur qaror ijrosi, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot berildi.
“O‘zstandart” agentligi tomonidan joriy yilning olti oyi mobaynida 264 xalqaro standart qabul qilingan. Ular mashinasozlik, yoqilg‘i-energetika, qurilish, kommunal va transport, agrosanoat, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sog‘liqni saqlash va ekologiya sohalariga joriy etilgan.
Hozir 27 texnik reglament amalda bo‘lib, bu muvofiqlikni baholashga zamonaviy yondashuvni ta’minlamoqda. Tadbirkorlik sub’ektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida majburiy sertifikatlanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati sezilarli qisqartirildi. Eksportga yo‘naltirilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi belgilandi, o‘lchash vositalarini tayyorlash, sotish va ijaraga berish faoliyatini litsenziyalash bekor qilindi. Bu tadbirkorlarga qo‘shimcha imtiyoz bo‘libgina qolmay, milliy mahsulotlarimiz eksport hajmi oshishiga xizmat qilmoqda.
“O‘zstandart” agentligi qoshidagi 4 laboratoriya xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilib, 15 xalqaro standart bo‘yicha sinov usullari o‘zlashtirildi. “Kimyo-biologiya” sinov laboratoriyasi “SGS Tashkent” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda qo‘shma bayonnomalarni rasmiylashtirishni yo‘lga qo‘ydi. Pirovardida rasmiylashtirilayotgan sinov bayonnomalarining xorij davlatlari tomonidan tan olinishiga erishildi.
Bugungi kunda korxonalarda xalqaro menejment tizimini joriy etish va sertifikatlashtirish maqsadida agentlikning hududiy markazlari qoshida sertifikatlashtirish idoralari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ularning soni 28 taga yetdi. Amalga oshirilgan bu kabi chora-tadbirlar natijasida 5 mingdan ziyod korxonaga tegishli muvofiqlik sertifikatlari topshirildi.
“O‘zstandart” agentligi tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini ta’minlash maqsadida xodimlar malakasini oshirishga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Shu maqsadda joriy yil davomida tizimda mehnat qilayotgan 100 nafarga yaqin mutaxassisning xalqaro talablar darajasida malakasini oshirish rejalashtirilgan.
Tadbirda jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.
Manba: O‘zA
- Главная
- Об агентстве
- Документы
- Служба новостей
- Пресс-релиз
- Анонсы и тендеры
- Видео
- Галерея
- Новости
- Публикации в прессе и выступления руководства агентства «Узбекское агентство по техническому регулированию»
- Cтраницы Конституции
- Аналитические данные
- Показатели отрасли
- Открытые материалы
- Перечень конфиденциальной информации
- Государственные программы
- Публичная информация в соответствии с бюджетным законодательством
- Молодежная политика
- Деятельность
- Услуги
- Электронное правительство
- Контакты