"O’zstandart" Agentlik tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasida olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida, tegishli vazirlik va idoralari bilan kelishilgan holda O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini shakllantirish va standartlashtirish davlat tizimini isloh qilish kontseptsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qarori bilan tasdiklangan «Texnik reglamentlarni qayta ko‘rib chiqish va yangilash dasturining» 3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida «Attraktsionlar xavfsizligiga doir texnik reglamenti» takomillashtirib ishlab chiqilgan. Mazkur texnik reglament loyihasi o‘rnatilgan tartibda tuzilgan Ekspert kengashi tomonidan ko‘rib chiqilgan va xulosa rasmiylashtirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 28 fevraldagi PQ-91-son qarori bilan tasdiklangan «Texnik reglamentlarni qayta ko‘rib chiqish va yangilash dasturining» 16-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida «Gaz holatidagi yoqilg‘ida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi to‘g‘risida»gi texnik reglament takomillashtirib ishlab chiqilgan. Mazkur texnik reglament loyihasi o‘rnatilgan tartibda tuzilgan Ekspert kengashi tomonidan ko‘rib chiqilgan va xulosa rasmiylashtirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 28 fevraldagi PQ-91-son qarori bilan tasdiklangan «Texnik reglamentlarni qayta ko‘rib chiqish va yangilash dasturining» 13-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida «Texnik vositalarning elektromagnit moslashuvi to‘g‘risidagi»gi texnik reglament takomillashtirib ishlab chiqilgan. Mazkur texnik reglament loyihasi o‘rnatilgan tartibda tuzilgan Ekspert kengashi tomonidan ko‘rib chiqilgan va xulosa rasmiylashtirilgan.
Texnik reglament loyihasi ishlab chiqilayotganligi yuzasidan Xabarnoma 1
1. Texnik reglament loyihasi nomi
|
|
2. Texnik reglament loyihasini ishlab chiqish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organi
|
O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
|
3. Texnik reglament loyihasi obyektlari
|
Texnik reglament umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan tayyorlangan joyida iste’mol qilishga, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan keyinchalik realizatsiya qilmasdan shaxsan iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotidan tashqari barcha oziq-ovqat mahsulotlariga taaluqli.
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida tegishli oziq-ovqat mahsuloti turlari nomlari ostida ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan tarkibiy qismlar;
katta yoshli aholi uchun oziq-ovqat moddalari va energiyaga ehtiyojning sutkalik o‘rtacha me’yori;
ixtiyoriy asosda tamg‘ada ko‘rsatiladigan ozuqaviy mahsulotlarni farqlanuvchi belgilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilovalarda keltirilgan.
|
4. Texnik reglament loyihasi maqsadi
|
Iste’molchilarning oziq-ovqat mahsuloti to‘g‘risida ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash.
|
5. Texnik reglament loyihasi bo‘yicha e’tiroz va takliflarni (fikr-mulohazalarni) yuborish uchun pochta manzili, telefon raqamlari, elektron pochta manzili
|
Tel.: (998-71) 202-00-11 (1037)
|
6. Texnik reglament, loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi yakunlanishining kutilayotgan sanasi
|
30.04.2024 yil
|
Asos O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 28 fevraldagi PQ-91-son qaroriga 2-ilova
Texnik reglament loyihasi ishlab chiqilayotganligi yuzasidan Xabarnoma 2
1. Texnik reglament loyihasi nomi
|
Mashina va uskunalarning xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament
|
2. Texnik reglament loyihasini ishlab chiqish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organi
|
O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
|
3. Texnik reglament loyihasi obyektlari
|
Mashina va uskunalarning xavfsizlik talablari, shu jumladan, ishlab chiqish (loyihalash) davrida mashina va uskunalar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ishlab chiqarish, saqlash, tashish, ishlatish va utilizatsiya qilish vaqtida mashina va uskunalarning xavfsizligini ta’minlash;
mashina va uskunalarning muvofiqligini tasdiqlash hamda ularning muvofiqligini deklaratsiya qilish tartibi;
mashina va uskunalarning muvofiqlik deklaratsiyasini qabul qilishga asos bo‘ladigan daliliy materiallar, shuningdek, muvofiqlik deklaratsiyasini tasdiqlash tartibi va uning amal qilish muddati, ariza beruvchi tomonidan muvofiqlik deklaratsiyasini va daliliy materiallarni saqlash muddati;
mashina va uskunalarni sertifikatlash tartibi, shu jumladan, seriyali ishlab chiqariladigan mashina va uskunalarni, respublika hududida ishlab chiqarish tashkilotlarini jihozlash uchun mo‘ljallangan cheklangan hajmdagi mashina va uskunalarni sertifikatlash bosqichlari;
mashina va uskunalarni milliy muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi bozorida mahsulotlarni milliy muvofiqlik belgisi bilan tamg‘a qilish mashina va uskunalar bozorda muomalaga chiqarilgunga qadar amalga oshirilishi.
|
4. Texnik reglament loyihasi maqsadi
|
inson hayoti yoki sog‘lig‘ini, mol-mulkini himoya qilish, atrof muhitni, hayvonlar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, iste’molchilarni chalg‘ituvchi harakatlarning oldini olish.
|
5. Texnik reglament loyihasi bo‘yicha e’tiroz va takliflarni (fikr-mulohazalarni) yuborishuchun pochta manzili, telefon raqamlari, elektron pochta manzili
|
E-mail:standart@exat.uz
tr@standart.uz
Tel.: (998-71) 202-00-11 (1037)
|
6. Texnik reglament, loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi yakunlanishining kutilayotgan sanasi
|
30.04.2024 yil
|
Asos O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qaroriga 2-ilova
Texnik reglament loyihasi ishlab chiqilayotganligi yuzasidan Xabarnoma 3
1. Texnik reglament loyihasi nomi
|
|
2. Texnik reglament loyihasini ishlab chiqish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organi
|
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Transport vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
3. Texnik reglament loyihasi obyektlari
|
Traktorlar, tirkamalar va ularning komponentlari, qishloq xo‘jaligi va o‘ziyurar mashina hamda kichik o‘lchamli traktor
|
4. Texnik reglament loyihasi maqsadi
|
Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat mulkini muhofaza qilish maqsadida qishloq xo‘jaligi texnikalari xafsizligiga talablarni belgilash
|
5. Texnik reglament loyihasi bo‘yicha e’tiroz va takliflarni (fikr-mulohazalarni) yuborish uchun pochta manzili, telefon raqamlari, elektron pochta manzili
|
Tel.: (998-71) 202-00-11 (1055)
|
6. Texnik reglament, loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi yakunlanishining kutilayotgan sanasi
|
2024-yil 3-iyul
|
Asos O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qaroriga 2-ilova
Texnik reglament loyihasi ishlab chiqilayotganligi yuzasidan Xabarnoma 4
1. Texnik reglament loyihasi nomi
|
Nooziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament
|
2. Texnik reglament loyihasini ishlab chiqish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organi
|
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
|
3. Texnik reglament loyihasi ob’ektlari
|
Ushbu texnik reglament O‘zbekiston Respublikasida muomalaga chiqarilayotgan nooziq-ovqat mahsulotlariga umumiy xavfsizlik talablarini belgilaydi.
Ushbu texnik reglament mahsulotlarning muayyan turlariga tegishli texnik reglamentlar bilan xavfsizligini ta’minlashga oid maxsus talablar belgilanmagan barcha mahsulotlarga tatbiq etiladi.
Mahsulotlarning muayyan turlari xavfsizligini ta’minlashga oid maxsus talablar boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan bo‘lsa, ushbu texnik reglamentning talablari tegishli hujjatlar bilan tartibga solinmagan qismida qo‘llaniladi.
|
4. Texnik reglament loyihasi maqsadi
|
Ichki bozorni va iste’molchilarni xavfli mahsulotlardan himoya qilish.
|
5. Texnik reglament loyihasi bo‘yicha e’tiroz va takliflarni (fikr-mulohazalarni) yuborish uchun pochta manzili, telefon raqamlari, elektron pochta manzili
|
Е-mail:standart@exat.uz
tr@standart.uz
Tel.: (998-71) 202-00-11 (1005)
|
6. Тexnik reglament, loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi yakunlanishining kutilayotgan sanasi
|
14.08.2024 yil
|