1. Fuqarolar murojaatlarini qabul qilish
Xurmatli foydalanuvchi! Sizdan diqqat bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining murojaatlarni qabul qilish va ko’rib chiqish Tartibi bilan tanishib chiqishingiz so’raladi.
O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hamda xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, shuningdek, fuqoroligi bo’lmagan shaxslar “O’zstandart” agentligiga ariza, taklif, shikoyat bilan murojaat qilish xuquqiga ega.
Murojaatlar og’zaki, yozma yoki elektron shaklda: shaxsan taqdim etilishi, pochta orqali yuborilishi, “ishonch telefoni” (150-23-00) orqali, elektron pochta orqali (uzst@standart.uz) yuborilishi mumkin.
Shaxsan taqdim etilgan, pochta aloqasi orqali, “ishonch telefoni” (150-23-00) orqali, elektron pochta orqali, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy veb-sayti orqali kelib tushgan murojaatlar O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori tomonidan 2018 yil 13 mayda tasdiqlangan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga (qo‘shimcha va o‘zgarishlar bilan) asosan ko‘rib chiqiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish virtual qabulxonalari, shuningdek O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining elektron pochtasi (uzst@standart.uz) orqali kelib tushgan murojaatlar, elektron shakldagi murojaatlar sifatida ro‘yxatga olinadi va yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Nizomga asosan ko‘rib chiqiladi.
Jismoniy shaxslarning murojaatlarida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi) yashash manzili va murojaatning maqsadi ko’rsatilishi lozim.
Yuridik shaxslarning murojaatlarida yuridik shaxsning to’liq nomlanishi, joylashuv ma’lumotlari (pochta manzili) va murojaatning maqsadi ko’rsatilishi lozim.
Yozma murojaat murojaatchi jismoniy shaxs bo’lganda uning imzosi yuridik shaxs bo’lganda rahbarning yoki vakolatli shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Agar murojaat etayotgan jismoniy shaxsning yozma murojaatini imzolanganligini biriktirish imkoniyati bo’lmagan taqdirda, murojaat murojaatni tuzgan shaxsning imzosi va qo’shimcha ravishda familiyasi (ismi, otasining ismi) biriktirilishi lozim.
Elektron murojaat, raqamli elektron imzo va boshqa mavjud bo’lgan hujjatlar bilan tasdiqlangan, identifikatsiyalash imkoniyatiga ega bo’lgan elektron hujjat shaklida bo’lishi lozim. Elektron murojaat belgilangan qonunchilik talablariga muvofiq bo’lishi lozim.
Ko’rib chiqilmaydigan murojaatlar:
- yashirin murojaatlar;
- vakolatlari tasdiqlanmagan tegishli hujjatlari mavjud bo’lmagan jismoniy yoki yuridik shaxslar orqali taqdim etilgan murojaatlar;
- qonunchilik bilan belgilangan talablarga javob bermaydigan murojaatlar.
O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining rasmiy veb-sayti orqali taqdim etilgan fuqarolarning murojaatlarini ko’rib chiqish tartibi:
- O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy veb-sayti fuqarolarni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga murojaat etish imkoniyatini ta’minlovchi qo’shimcha vosita xisoblanadi.
- Murojaatlar kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
- Ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari bir oyga uzaytirilishi mumkin.
- O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni talablariga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.
2. O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning hududiy tuzilmalariga kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida ma’lumot
2024 yil
O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga 2024 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan va nazoratga olingan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida ma’lumot
2023 yil
O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga 2023 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan va nazoratga olingan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida ma’lumot
2022 yil
O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga 2022 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tahliliy o‘rganish natijalari yuzasidan ma’lumotnoma
2021 yil
O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga 2021 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tahliliy o‘rganish natijalari yuzasidan ma’lumotnoma
2020 yil
“O’zstandart” agentligiga 2020 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tahliliy o‘rganish natijalari yuzasidan ma’lumotnoma