Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  «O’zbekiston texnik jihadan tartibga solish agentligi huzuridagi standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2019 yil 14 martdagi 220-sonli qaroriga asosan, Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti (Standartlar instituti) - standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasida davlat ilmiy muassasasi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori bilan Standartlar instituti Ustavi tasdiqlandi.

Standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishda standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimlarining ishlashini va rivojlanishini ta’minlashda ishtirok etish va mazkur sohalarda ilmiy-texnik axborotlarni tarqatish, shuningdek, ularni xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirish sohasida, Standartlar instituti:

  • standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borishda, innovatsion loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishining zamonaviy jahon tendentsiyalarini tahlil qilishda ishtirok etadi;
  • standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida ilmiy materiallarni nashr etadi;
  • O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalari yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amaldagilarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
  • standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, strategiyasi, istiqbolli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
  • standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida xalqaro amaliyotni doimiy ravishda o‘rganadi, uning natijalari bo‘yicha ilg‘or amaliyotlarni joriy qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;
  • standartlashtirish va muvofiqlikni baholash tizimini xalqaro talablarga uyg‘unlashtirish maqsadida transport vositalarini ishlab chiqaruvchilarning xalqaro identifikatsiya kodi (WMI-kod)ni beradi;
  • standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida erishilgan yutuqlarning ilmiy-texnik targ‘ibotini amalga oshiradi;
  • standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida, shu jumladan, manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, oliy ta’lim muassasalari va vazirliklar va idoralarning tasarrufida bo‘lgan boshqa ilmiy muassasalari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
  • standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida ilmiy konferentsiyalar, seminarlar, hamkorlikdagi tadqiqotlar, loyihalar, xodimlarning tajriba almashishi va ularni o‘qitish bo‘yicha xalqaro, xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari, institutlar va markazlar bilan hamkorlikni rivojlantiradi;
  • xorijiy mamlakatlarning standartlashtirish bo‘yicha milliy institutlari bilan yaqin va faol hamkorlikni amalga oshiradi;
  • xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantiradi;
  • muvofiqlikni baholash, shu jumladan, mahsulotlarni putur yetkazmasdan tekshirish, shuningdek, xorijiy davlatlarning sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlari natijalarini O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda e’tirof etish ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda ishtirok etadi.