Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan Xalqaro Savdo Markazi (ITC) texnik yordamida, Birlashgan Millatlar Tashkilotining savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD)ning qoʻshimcha texnik yordami va Yevropa Ittifoqi (EI) tomonidan moliyalashtirilgan “Uzbekistan Trade Info” bosqichma-bosqich savdo axborot platformasiga xush kelibsiz.

“Uzbekistan Trade Info” platformasi JSTning Savdo tartibotlarini soddalashtirish bitimiga to’liq rioya qilgan holda mahalliy va xorijiy tadbirkorlar uchun import, eksport va tranzit tartib-qoidalarini bosqichma-bosqich ifoda etuvchi qo’llanmadir. Ushbu platfoma Oʻzbekiston Respublikasi hukumati uchun biznes hamjamiyat manfaati yo’lida savdo jarayonlarini optimallashtirish va soddalashtirishga yordam beradi.

Bizning jamoa transchegaraviy savdo qoidalarini yanada shaffof qilish uchun tashqi iqtisodiy faoliyat vaqtini va xarajatlarini kamaytirish, hamda ko‘proq odamlarni tadbirkorlikka, shu bilan birga O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga jalb etish ustida ishlamoqda.

Bog'lanish:
O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Manzil: Islom Karimov ko‘chasi, 1
100029, O‘zbekiston, Toshkent shahar
Tel.: +998 71 238 50 00
Devonxona: +998 71 238 50 90
Elektron manzil: info@mift.uz
Veb-sahifa: mift.uz