AGREGAT [lot. aggrego – birlashtiraman]: Mashinalar, jihozlar, uskunalar (mashinalar majmuasi)ning birxillashtirilgan mustaqil uzeli.
Izoh – agregatlar biri boshqasiga bog‘liq bo‘lmagan holda tayyorlanadi va alohida vazifalarni mustaqil bajara oladigan to‘la o‘zaro almashinish xususiyatiga ega. Agregatlarga, masalan, turli xil agregatlardan jamlangan elektron bloklar, o‘zgartirgichlar, o‘lchash kallaklari, elektr motorlar, nasoslar, reduktorlar, avtomobillarning tayanch modellari, traktorlar, yo‘l-qurilish mashinalari va boshqalar taalluqli bo‘ladi. Natijada turli xil vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan agregatlashtirilgan ishlab chiqarish mashinalari vujudga keladi.
AGREGATLASH: Ko‘p marotaba foydalanishga mo‘ljallangan birxillashtirilgan va standart agregatlar (uzellar), detallar va qismlardan mashina, asbob-uskuna, jihoz va boshqa anjomlar loyihalarini tuzish uslubi.
Izoh – agregatlash har bir yangi mashinani asl nusxa sifatida tuzishni emas, balki ko‘pchilik holatlarda, mavjud mashinalarning tuzilgan loyihasi va ishlab chiqarishda o‘zlashtirib olingan jihatlaridan foydalanish orqali agregatlar va uzellarni ishlab chiqarishga imkon yaratadi. Agregatlash birxillashtirishning mantiqiy davomi hisoblanadi.
ALTERNATIV TALAB: Standartlashtirish bo‘yicha hujjatda yo‘l qo‘yiladigan tanlov doirasida bajarilishi kerak bo‘lgan normativ hujjat talabi.
Izoh – alternativ talab quyidagicha bo‘lishi mumkin: 1) ikki yoki bir qancha mumkin bo‘lgan talablarning biri; 2) qo‘shimcha talab, faqat uni qo‘llash mumkin bo‘lgan holatdagina bajarilishi zarur, aks holda u hisobga olinmasligi ham mumkin.
АТАМА: Maxsus soha chegarasida tushunchani va uning boshqa tushunchalar bilan o‘zaro munosabatini aniq ifodalashga yo‘naltirilgan so‘z yoki so‘z birikmasi.
ASOS BO‘LUVCHI STANDART: Keng tatbiq etish doirasiga ega bo‘lgan yoki ma’lum soha uchun umumiy qoidalarni o‘z ichiga olgan standart.
Izoh – asos bo‘luvchi standart bevosita standart sifatida qo‘llanilishi yoki boshqa standartlarga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
ATAMA VA TA’RIFLAR STANDARTI, ATAMASHUNOSLIK STANDARTI: Odatda, ta’riflar, ba’zi hollarda esa izohlar, illyustratsiyalar, misollar va sh.k. beriladigan atamalarga taalluqli standart.
АТАМАSHUNOSLIK EKSPERTIZASI: Barcha darajadagi terminologik standartlarga rioya qilish, o‘rnatilgan ilmiy-texnik atamalarning normativ hujjatda to‘g‘ri qo‘llanishini tekshirish.
BIR TURDAGI MAHSULOTLAR: Funksional vazifalari, qo‘llanish sohasi, konstruktiv-texnologik yechimlari va sifatining asosiy tavsiflari umumiyligi bilan tavsiflanadigan mahsulotlar.
BIR TURDAGI MAHSULOTLAR GURUHI: Funksional maqsadlari, qo‘llanish sohasi, konstruktiv-texnologik yechimlari va sifatning asosiy ko‘rsatkichlari tavsiflarining umumiyligi bilan ajralib turadigan mahsulotlarning maksimal majmui (eng katta to‘pi).
BIRXILLASHTIRISH DARAJASI: Mahsulotning birxillashtirilgan tarkibiy qismlar bilan to‘yinganligi.
Izoh – mahsulotlar va ular tarkibiy qismlarining birxillashtirish darajasi (standartlashtirish darajasi) qo‘llanish koeffitsenti, takrorlanish koeffitsenti, loyihalararo birxillashtirish (o‘zaro) koeffitsiyenti yordamida aniqlanadi.
DAVLAT VA XO‘JALIK BOSHQARUVI ORGANLARI: Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va yuridik shaxslarning boshqa birlashmalari.
Izoh – nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-sonli «O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorida keltirilgan.