Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga o’zgartish va qo’shimchalarni ekspertizadan o’tkazish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bo’yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari huzurida tuziladi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarining faoliyati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

"Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalar to’g’risida nizom"  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  10.05.2010 y. 86-son qaroriga 1-ilova

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga o’zgartish va qo’shimchalarni ishlab chiqish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bo’yicha takliflarni ishlab chiqish uchun davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari huzurida tuziladi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlarining faoliyati O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

"Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari to’g’risida nizom" O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 7 yanvarda 2060-son bilan ro’yxatga  olingan, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2009 yil 11 dekabrdagi 534-sonli buyrug’iga ilova.