O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, fuqarolarning turmush sharoitlarini o‘rganish, joylarda mavjud muammolarni aniqlash va hal etish, bu borada parlament nazoratini samarali tarzda amalga oshirish maqsadida fuqarolar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazmoqda. Ushbu muloqotlarda aholini qiynayotgan muammolar va kamchiliklar o‘rganilmoqda.
Joriy yilning 1-10-iyun kunlari O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari tomonidan Baliqchi, Qorako‘l, Zafarobod, Konimex, Pop, Qo‘shrabot, Mirzaobod, Sherobod, Oqqo‘rg‘on, Rishton, Bog‘ot, Dehqonobod, Shayxontohur, To‘rtko‘l tumanlaridagi ahvol o‘rganildi va tahlil qilindi.
Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan partiya fraksiyasi yig‘ilishida mazkur o‘rganish natijalari muhokama etildi. Aholi bilan muloqotlarda ko‘tarilgan masalalarning sohalar bo‘yicha tahlili shuni ko‘rsatadiki, aksariyat muammolar sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik va mehnat munosabatlari, uy-joy kommunal xizmatlari, bank-kredit, transport va yo‘l qurilishiga tegishlidir. Fraksiya a’zolariga kelib tushgan 34 muammoli masala yuzasidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, shuningdek, 23 xo‘jalik yurituvchi subyektga 15 deputatlik so‘rovi va fraksiya nomidan 8 murojaat yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Fraksiya tomonidan mamlakatimiz aholisiga ko‘rsatilayotgan transport xizmati tizimini yaxshilash, ayniqsa, o‘quvchilar va talabalar uchun imtiyozli transport qatnovini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga parlament so‘rovi yuborishga kelishildi.
Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish holati, maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish, qurish va ta’mirlash ishlari, nodavlat ta’limni rivojlantirish, maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablarni kitoblar bilan ta’minlash, ta’lim muassasalaridagi kutubxonalar faoliyati, maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablarda bolalarning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish, bu boradagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga parlament so‘rovi tayyorlandi.
Yig‘ilishda fraksiya a’zolari tomonidan mamlakatimizda foydalanilmay turgan davlat mulki obyektlari va bo‘sh yer maydonlarida tashkil etilgan kichik sanoat zonalari va ushbu zonalarda «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati va «O‘ztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi mablag‘lari hisobidan zarur muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmalar qurilishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlariga joylardagi haqiqiy holatni o‘rganishni tashkil etish xususida tegishli tavsiyalar berildi.
Manba: O‘zA
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish