O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi sammitida ishtirok etmoqda.
Sammit 9-iyun kuni Ostona shahrining Mustaqillik saroyida davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi. Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev raisligida o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etdi.
Muzokarada ShHT va uning organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, terrorizm, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yarog‘ kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Davlat rahbarlari ShHTning so‘nggi sammitida kelishilgan masalalar – tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-madaniy, gumanitar hamda transport sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga doir keng ko‘lamdagi masalalarni ko‘rib chiqdilar.
ShHTning 2025-yilgacha rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2016-2020-yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror, ShHTga a’zo davlatlarning turizm sohasidagi hamkorligini rivojlantirish dasturi va boshqa hujjatlar ijrosiga e’tibor qaratildi.
ShHT nisbatan qisqa vaqt ichida nufuzli xalqaro tashkilotga aylandi. ShHT tuzilganidan keyin ko‘plab davlatlar unga a’zo bo‘lish istagini bildirdi. Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkent sammitida davlat rahbarlari Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja va Nepalga ShHTning muloqot bo‘yicha sheriklari maqomini berish to‘g‘risida kelishib olgan edi.
Bundan tashqari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, ASEAN kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik ShHT nufuzi oshib borayotganidan dalolat beradi.
Sammit o‘z ishini davom etirmoqda.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish