Surxondaryo viloyatidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini joriy yilda 38 mingdan ortiq o‘quvchi bitirib, mustaqil hayotga yo‘llanma oladi.
Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iste’dod va salohiyatini yanada yuksaltirish, tadbirkorlikka jalb etish va ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida 2017-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.
– Bitiruvchilar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish doimiy e’tiborda, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat bo‘limi raisi Sirojiddin Salomov. – Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Markaziy bank va tijorat banklari hamkorligida an’anaviy tashkil etilayotgan “Mening biznes g‘oyam” tanlovi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Joriy yilda tanlovning viloyat bosqichida kasb-hunar kollejlarining 140 bitiruvchisi o‘z biznes rejasi bilan ishtirok etdi. Ulardan saralangan 40 ishtirokchining 1 milliard 300 million so‘mlik istiqbolli biznes g‘oyasi viloyat miqyosida moliyalashtirishga tavsiya etildi. 12 ishtirokchi tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Ayni paytda viloyatdagi 116 kasb-hunar kolleji va 5 akademik litseyda 120 mingga yaqin o‘quvchi zamonaviy sharoitlarda tahsil olmoqda.
– Bitiruvchilar ro‘yxati shakllantirilib, ularning qiziqish va intilishi, tadbirkorlik qobiliyati o‘rganildi, – deydi viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Karomat Ashurov. – Shu asosda 12 ming 550 bitiruvchi tijorat bankidan imtiyozli kredit olib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi. Ularning har 5 nafariga 1 o‘qituvchi biriktirilib, oilaviy sharoiti, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoniyati tahlil etildi. Biznes reja tuzish va boshqa hujjatlarni tayyorlash, tijorat bankiga topshirish jarayoniga ko‘maklashildi.
Sariosiyo iqtisodiyot kasb-hunar kolleji uchinchi bosqich o‘quvchisi Asilbek Narzullayev “Mening biznes g‘oyam” tanlovining viloyat bosqichida legog‘isht ishlab chiqarish loyihasi bilan ishtirok etib, mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.
– Ushbu biznes g‘oyam ko‘pchilik tomonidan ma’qullanib, tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lganimdan xursandman, – deydi Asilbek. – Tijorat bankidan 45 million so‘m kredit olib, ixcham uskunalar yordamida arzon va pishiq legog‘isht ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchiman. Olingan daromad evaziga kelgusida o‘z biznesimni yanada rivojlantirish, sifatli va arzon qurilish materiallari ishlab chiqarishni rejalashtirganman.
Viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirga qadar tijorat banklari tomonidan 2 mingdan ortiq bitiruvchining tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun 10 milliard so‘mdan ortiq imtiyozli kredit mablag‘i ajratilgan. 3 ming 553 bitiruvchi 12 milliard 904 million so‘mlik imtiyozli kredit olish uchun tijorat banklariga tegishli hujjatlarni topshirgan.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish