O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Navoz Sharif bilan uchrashdi. Uchrashuvda asosiy e’tibor mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash masalalariga qaratildi.
O‘zbekiston Pokistonning ShHTga a’zo davlat sifatida qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlab, tashkilotga raisligi davrida bu masalaga alohida e’tibor qaratdi.
Mamlakatlarimiz xalqaro maydonda bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo 50 ga yaqin hujjat imzolangan. Mamlakatimizda Pokiston bilan hamkorlikda tashkil etilgan 55 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Pokistonga paxta tolasi, ko‘nchilik xomashyosi, transport va turizm xizmatlarini eksport qiladi. Pokiston mamlakatimizga dori vositalari, kimyo va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib beradi, transport xizmati ko‘rsatadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Pokiston bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdori ekanini qayd etdi.
Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif Pokiston O‘zbekiston bilan barcha sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish