Prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo‘jaligi, xususan, pillachilik sohasini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tarmoqqa yuqori samarali, zamonaviy texnologiyalar keng joriy etilayotgani pilla xomashyosini qayta ishlash va undan xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishda muhim omil bo‘layotir.
Navoiy viloyati pillakorlari joriy yilda 1 ming 5 tonna yuqori sifatli hosil yetishtirishni rejalashtirgan. Buning uchun 17 ming 700 quti ipak qurti yuqori texnologiyalar asosida parvarishlanmoqda.
– Viloyatda pillachilikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoit mavjud, – deydi Navoiy viloyati “Pilla” birlashmasi raisi Umid Narziyev. – Ayni paytda pilla parvarishi qizg‘in davom etmoqda. Joylarda 1 ming 515 fermer xo‘jaligidagi 8 ming 188 zveno ipak qurtini betalafot parvarishlamoqda. Mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkazish maqsadida tutzorlar alohida muhofaza etilib, 750 ming tup tut ko‘chati ekildi. Yetishtirilgan xomashyoni o‘z vaqtida yig‘ib olish uchun viloyatdagi maxsus punktlar tayyor holatga keltirilgan.
Pilla xomashyosidan ipak tola olish, ya’ni pillani qayta ishlash borasida Qiziltepa, Xatirchi va Karmana tumanlarida maxsus fabrikalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Qiziltepa tumanidagi “Qiziltepa ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyati bo‘sh turgan binoda ish boshladi. Korxonada 43 tonnadan ortiq pillani qayta ishlash imkoniyati mavjud. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan sexda sanoatbop quruq pilladan sifatli ipak tolasi tayyorlanadi. 70 dan ortiq kishi 2 smenada mehnat qilmoqda.
Karmana tumanidagi “Richard best silk” mas’uliyati cheklangan jamiyatida yiliga 48 tonna sifatli ipak tola yigiriladi. Bu yerda mehnat qilayotgan 80 ishchining ko‘pchiligi yoshlardir. Joriy yilda ipakchilik korxonasi 3 tonna tayyor ipak mahsulotini Xitoyga eksport qilishni rejalashtirmoqda.
Viloyat pillakorlari yana sanoqli kunlardan so‘ng davlatga pilla topshirishni boshlaydi.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish