Farg‘ona viloyatida joriy yilning birinchi choragida Mahalliylashtirish dasturi asosida 7,5 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Mahalliylashtirish – mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish zaxiralaridan keng foydalanish asosida zamonaviy raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Mamlakatimizda tayyor mahsulot, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 26-dekabrdagi “2017-2019-yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilayotir.
Farg‘ona viloyatidagi 21 sanoat korxonasida dastur asosida bolalar yumshoq o‘yinchoqlari, velosipedlar, elektr choynaklar, isitish batareyalari, himoya yelim qog‘ozi, kimyoviy dori sepish apparatlari, shokolad, qandolat mahsulotlari, maktab sumkalari, quyultirilgan va quruq sut, “GM O'zbekiston” avtomobillari uchun havo filtrlari, rezina granula kabi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan Toshloq tumanidagi “Element kristall” mas’uliyati cheklangan jamiyati har xil termoslar, elektr choynaklar, Uchko‘prik tumanidagi "Yorqin" xususiy ishlab chiqarish korxonasi maktab sumkalari, Buvayda tumanidagi "Ahmad Toj Haydar" xususiy korxonasi yumshoq o‘yinchoqlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.
Qishloqda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar raqobatbardosh mahsulotlar turini ko‘paytirish, eng muhimi, aholi farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qo‘shtepa tumanidagi “Sardor RRS” mas’uliyati cheklangan jamiyati shunday korxonalardan biri. Bu yerda tayyorlanayotgan santexnika jihozlari xorijnikidan aslo qolishmaydi.
– Mahsulotlarimiz ichki bozorda o‘z xaridoriga ega, – deydi jamiyat rahbari Muhammadjon Qo‘chqorov. – Prezidentimiz rahnamoligida tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor faoliyatimiz rivojida muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, Mahalliylashtirish dasturi asosida ishlayotganimiz bizga ko‘plab imtiyozlar yaratmoqda. Mahalliy xomashyo asosida tayyorlanayotgan mahsulotlarimizga ichki bozorda talab yuqori. Kelgusida mahsulot turi va hajmini yanada oshirishni rejalashtirganmiz.
Shahar va tumanlardagi korxonalardan Mahalliylashtirish dasturiga ko‘plab takliflar kelib tushmoqda. Bag‘dod tumanidagi "Baxtiyor" xususiy savdo korxonasida elektroshitlar, Beshariq tumanidagi “Ta’minot” xususiy korxonasida ayollar gigiyenik vositalari, Quvasoydagi "Dave Exlusiv" oilaviy korxonasida kir yuvish vositalari, Qo‘qon shahridagi "Kokand Bicycles" xususiy korxonasida velosiped, “Shaffof Metan Servis” O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasida avtomobillar uchun gaz ballonlari, Dang‘ara tumanidagi “Dang‘ara Mega Ketl” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan elektr dazmol va plitalar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar taklifi yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish