Yoshimiz yoxud qaysi sohada mehnat qilishimizdan qat’iy nazar, ko‘chada barchamiz iste’molchiga aylanamiz. Shunday ekan kundalik hayotimizda bozorlar yoki yirik savdo do‘konlaridan mahsulot xarid qilayotganimizda albatta tarozilar bilan bog‘liq holatlarga duch kelamiz.
Shunday bir jarayonda tarozilarning to‘g‘ri ishlayotgani, yoki bo‘lmasa o‘z vaqtida davlat qiyoslovidan o‘tkazilganmi degan savollarimizga har doim ham javobni olishga iymanamiz yoki bu yog‘i “o‘zbekchilikda” deb yo‘limizda davom etamiz.
Agar sizda bunday savollarga javob olish uchun vaqt yoki imkon topilmasa, “O‘zstandart” bu borada sizga yaqin ko‘makchi ekanligini yoddan chiqarmang.
Keyingi qisqa vaqt ichida birgina poytaxtimiz bozorlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar tahli shuni ko‘rsatadiki, ko‘pgina bozorlarda aholi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, bozor rastalarida iste’molda bo‘lgan elektron tarozilar iste’molchilar talabini mutloqo qondirmasligi ma’lum bo‘ldi.
Keling e’tiboringizni aniq raqamlarga qaratsak.
“Chilonzor” dehqon bozorida reja jadval asosida 100 dona elektron tarozilari xarid qilinishi lozim edi. Ming afsuski amalda birorta ham taroizi sotib olinmadi.
Yoki bo‘lmasa, “Askiya” dehqon bozorida rejaga asosan 60 dona tarozi sotib olinishi belgilangan, afsuski hozirgi kunda bozorda birorta ham tarozi xarid qilinmadi.
“Navro‘z” dehqon bozorida ham belgilangan rejaga asosan 100 dona elektron tarozilar olinishi kerak edi. Ming afsuslar bo‘lsinkim, bugungi kunda bozor ma’muriyati tomonidan bitta ham tarozi sotib olinmadi. Borlari ham xususiy tadbirkorlaga tegishli. (Eslatib o‘tamiz bozor hududida xususiy tarozilar bilan savdo qilish mumkin emas)
Endi xulosa qilish navbati sizning hukmingizga havola.
Eslatib o‘tamiz, hurmatli iste’molchilar, “O‘zstandart” agentligi sizlarni bozorlarda biror-bir xaridni amalga oshiradigan bo‘lsangiz, albatta tarozilarni tegishli sertifikati borligiga e’tibor qaratishingizni so‘raydi.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish