Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil iqtisodiy islohotlar jarayonida mahalliy va xorijiy sarmoyalarni jalb etish orqali ishlab chiqarishni kengaytirish, korxonalar eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Sirdaryo viloyati Sirdaryo shahridagi "Sirdaryo mega luks” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma korxonasida mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmi yildan-yilga ortmoqda.
Dastlab 25 ishchi bilan faoliyat boshlagan korxonada ayni paytda 230 kishi mehnat qilmoqda. Ularning asosiy qismi kasb-hunar kollejlarini bitirgan yoshlardir.
“Sirdaryo mega luks” qo‘shma korxonasida to‘qilayotgan 2 turdagi qoplar Rossiya, Belarus, Latviya, Litva, Afg‘oniston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston mamlakatlariga eksport qilinmoqda.
– Prezidentimiz rahnamoligida tayyor mahsulot ishlab chiqarishga, xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda aholi, ayniqsa, yoshlarni ish o‘rinlari bilan ta’minlash orqali xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi qo‘shma korxona bosh direktori Muhiddin Normatov. – O‘tgan yilning ikkinchi yarmida 1 million 200 ming dollarlik mahsulot eksport qilgan bo‘lsak, joriy yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 800 ming dollardan oshdi. Korxonamizda 2 tur, ya’ni tikiladigan va konvert klapanli turli hajmdagi qoplar to‘qilmoqda. Oyiga 8 million pogono metr mahsulot ishlab chiqariladi. Ish uch smenada tashkil etilgan bo‘lib, ishchilar maxsus kiyim-bosh, uch mahal issiq ovqat bilan ta’minlangan.
Korxonada xorijdan keltirilgan 72 dona eng zamonaviy qop to‘qish uskunasi o‘rnatilmoqda. Bu uskunalar ishga tushirilgach, yana 100 yangi ish o‘rni yaratiladi, mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikki hissa ortadi.
– Eksport hajmini oshirish, mahsulot turini ko‘paytirish, uning sifatini Yevropa andozalariga moslash va, eng muhimi, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun ish o‘rinlari yaratish maqsadida yangi loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan, – deydi korxona bosh hisobchisi G‘ayrat Noriyev. – Tijorat banklaridan olinadigan kredit mablag‘i hisobidan 2018-yilda korxonaning ishlab chiqarish quvvati yana ikki hissa ortadi. Bu yana 150 ish o‘rni demakdir. O‘z navbatida, mahsulot turi ham ortib, Yevropa davlatlari uchun turli hajmdagi maxsus “bigbek” qoplari to‘qilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Jahon bozoriga sifatli, raqobatbardosh mahsulot yetkazib berish har qanday korxonaning istiqbolini ta’minlaydi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatli bo‘lsa, uning turi va eksport geografiyasi qancha kengaysa, daromad ham, qo‘shimcha buyurtmalar miqdori ham ortib boradi. Bu yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatini beradi.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish