Joriy yilning 28 fevral kuni Moskva shaxrida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengashning, Davlatlararo texnik qo‘mitasida MTK 515 “Putur yetkazmasdan tekshirish” soxasi bo‘yicha ochiq sessiyasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
Davlatlararo texnik qo‘mitasining MTK 515 da quyidagi masalalar ko‘riladi:
- Putur yetkazmasdan sinash soxasi bo‘yicha davlatlararo standartlarni ishlab chiqish.
- Soxadagi xalqaro standartlarni davlatlararo standartlarga uyg‘unlashtirish.
Sessiyaga putur yetkazmasdan tekshirish soxasi bo‘yicha O‘zbekistondan xam vakil qatnashishi taklif qilingan.