O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 fevraldagi 71-sonli qarori bilan “Alkogolli mahsulotlarning xavfsizligi to‘g‘risida”gi Umumiy texnik reglament tasdiqlandi.
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ushbu Texnik reglament Alkogolli mahsulotlariga yagona talablarni belgilash maqsadida qabul qilindi.
Texnik reglament rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oy muddat tugashi bilan kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi” qonunining talablariga muvofiq, ushbu Texnik reglamentni amalga joriy etilishi bilan, Texnik reglamentda ko‘rsatilgan mahsulotlarga standartlashtirish bo‘yicha avval qabul qilingan 16 ta me’yoriy hujjatlar, majburiy xarakterini yo‘qotadi va o‘rnatilgan tartibda qo‘llanilish ixtiyoriyligiga ega bo‘ladi.
Texnik reglament orqali alkogolli mahsulotlarni eksport hajmlarini oshirish maqsadida halqaro talablar joriy etildi.
Texnik reglamentni umumiy matni bilan bizning saytimizda “Texnik reglamentlar” bo‘limida tanishish mumkin.