O‘rganishlar natijasida Dehqon bozorlaridagi savdo rastalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazilgan tosh-tarozilar bilan ta’minlanishning holati va qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazilmagan, nostandart-maishiy tosh-tarozilardan foydalanish holatlari afsuski uchrab turibti.

Samarqand viloyatidagi dehqon bozorlarida jami savdo o‘rinlar soni 14 310 dona bo‘lib, bundan tarozi talab etiladigan savdo o‘rinlari soni 6220 donani tashkil etadi. Ikkita savdo o‘rni uchun 1 dona tarozi hisobida jami 3110 dona tarozilar talab etiladi. Hozirgi kunda dehqon bozorlarda jami 2298 dona tarozilardan foydalanilmoqda (shundan 2090 donasi dehqon bozorlari hisobidagi va 208 donasi sotuvchilarning xususiy tarozilari).

Shuningdek, Samarqand viloyatining Paxtachi, Nаrpay, Nurobod va Qo‘shrabod tumanlaridagi dehqon bozorlarida 60 dona nostandart tarozi va tarozi toshlari foydalanishdan olib tashlandi. Bu bordada ishlar davom etmoqda.