Shahrisabz tumanidagi “Shahrisabz oziq-ovqat mollari” mas’uliyati cheklangan jamiyatida istiqbolli loyiha doirasida avtomatlashtirilgan texnologiyalar asosida jihozlangan parrandachilik tarmog‘i ishga tushirildi. Natijada 7 nafar yoshlar ish bilan ta’minlandi.
Korxona tomonida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Davlatlararo standart talablari ostida ishlab chiqarilmoqda shu bilan bir qatorda mahsulot raqobatbardoshliligini oshirishga erishilmoqda.
Bugungi kunda Jamiyat tomonidan ichki bozorda kuniga 12 ming dona tuxum realizatsiya qilinmoqda. Kelgusida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijga eksport qilish rejalashtirildi.