O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeyov joriy yilning 20-21 yanvar kunilari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qilg‘an safari chog‘ida Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq tumanlar axolisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash tarmog‘ining boshlangan qo‘rilish ishlari bilan tanishgan edi.

Hozirgi kunda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha Qung‘irot tumani markaziga kiraverishdagi katta ochiqlik maydoni katta qurilish maydoniga aylangan bo‘lib, ishlar to‘xtovsiz qizgin ketmoqda.

Ushbu 101 kilometrlik so‘v tarmog‘i ishga tushgandan sung sutkasiga 7 ming kub metr suv yetkazib berish va 25 mingdan ortiq axolini toza ichimlik suvi bilan ta’milash imkoniyatini yaratadi. Qurilish ishlari 2017 yilning iyul oyiga tugatish belgilangan.

Qurilishning ishlarini umumiy qiymati 26,4 mlrd sumni tashkil etib, buyurtmachi “O‘zkommunalxizmat”, loyxachi “O‘zkommunalloiyxa”, qurilishning bosh bajaruvchisi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ belgilangan.

Ushbu suv tarmog‘ini o‘tkazish zamonaviy polietilen quvirlardan iborat bo‘lib, bu o‘z navbatida qurilish ishlarini tezlatishni va axolining toza ichimlik suvga bo‘lgan extiyojini qondiradi.