Qiziltepa tumani aholisi uchun yana bir qulaylik
“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani aholisining talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda, Navoiy shahridan qariyb 50 km. uzoqlikda joylashgan Qiziltepa tumani markazida Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazining yangi metrologik xizmat ko‘rsatish bo‘linmasi tashkil etildi.
Bo‘limning tashkil etilishi natijasida, Navoiy viloyatining Qiziltepa, Navbaxor va Konimex tumanlari aholisining maishiy gaz hisoblagichlarini qiyoslashda servis xizmati ko‘rsatiladi. Eng muhimi, endilikda aholiga yaqin joyda maishiy gaz hisoblagichlarini qiyoslanishi yo‘lga qo‘yildi hamda aholi va tadbirkorlarning Navoiy shahriga borish va kelish xarajatlari tejalishiga erishildi.
Shuningdek, 2017 yilning 2-choragida Qiziltepa tumanidagi ushbu bo‘linmada maishiy elektr hisoblagichlarini qiyoslash ishlari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirildi.