O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 26-yanvar kuni Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida Mudofaa vazirligi rahbariyati bilan yig‘ilish o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, hukumat a’zolari ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25-yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigida belgilangan vazifalar ijrosining borishi muhokama qilindi, qator vazirlik va idoralar rahbarlarining axboroti tinglandi.
Davlatimiz rahbari xavfsizlik sohasiga oid qonunchilik samaradorligini yuksaltirish, Qurolli Kuchlar tashkiliy tizimini yanada takomillashtirish, uning shaxsiy tarkibini tayyorlash, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirishga qaratilgan aniq vazifalarni belgilab berdi.
Harbiy xizmatchilarni har tomonlama ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan, harbiylar va ularning oila a’zolari uchun zamonaviy uy-joylar qurish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtdoshlarimizda Vatan taqdiri uchun mas’uliyat tuyg‘usini yanada yuksaltirish kabi muhim vazifalarga alohida e’tibor qaratdi.
Yig‘ilishda hukumat a’zolariga, vazirlik va idoralar rahbarlariga Qurolli Kuchlarimiz qudratini oshirish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, milliy armiyamiz va xalqimiz yakdilligini bundanda mustahkamlashga doir aniq topshiriqlar berildi.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish