Davlatimiz tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar

Xozirgi kunda davlatimiz tomonidan axoli va tadbirkorlarga kulaylik yaratish maksadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2015 yil 1 dekabrda davlat ruyxatidan o‘tkazilgan 2736-sonli “Maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomini tasdiqlash haqida”gi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va “O‘zstandart” agentligining qarori talablariga mos elektr hisoblagichlarni davlat qiyoslashidan o‘tkazish shaxobchasi ochildi.

Xovos tumani markazida ulchov vositalar ustidan davlat metrologik nazorati bulimining elektr hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish uchun U-1134 va “Energomer” SE-602 uskunalari o‘rnatildi.

Markazdan uzoq masofada joylashgan Boyovut tumaning ayrim kisimlari, Xovos tumani, Yangiyer shaxri va Sardoba tumanidagi iste’molchilar o‘zlarining elektr hisoblagichlarini qiyoslovdan o‘tkazish uchun endilikda markazgacha 60-90 km masofani bosib o‘tmasdan, Xovos tumani markazida qiyoslash ishlarini amalga oshiradigan bo‘ldilar.