Tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida seminaralar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining tashrifi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tadbirkorlari ishtirokida 24 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasining majlislar zalida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda nazorat qiluvchi organlar vakillari xam qatnashdi. Unda hududimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining muammolari, takliflari muhokama etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi va imtiyozlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga ajratilayotgan bank kreditlari foizlari xamda kichik biznesning eksport saloxiyati xaqida muxokamalar bo‘lib utdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha eksportyor korxonalarda sifatni boshqarish tizimlarini joriy qilish targ‘iboti bo‘yicha xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan SMT joriy etuvchi organ vakili ishtirokida eksporter korxonalari vakillari qatnashuvida Nukus shahri Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining majlislar zalida 2017 yil 25 yanvar kuni seminar o‘tkazildi. Seminarda eksporter korxonalarida sifatni boshqarish tizimlarini joriy qilish ishlarini qanday amalga oshirish, sifatni boshqarish tizimi bizga nima beradi, qanday imtiyozlar mavjud to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Sifat boshqarish tizimi xalqaro sertifikatlashtirish idoralari va ularning afzalliklari xaqida tushuntirishlar berib o‘tildi. Seminar ishtirokchilariga tarqatma materiallar, menedjment jurnallari bilan birgalikda seminarga qatnashganligi to‘g‘risida sertifikatlar berildi.