Sifatni boshqarish tizimi – bu jahon bozoriga eltuvchi yo'l

Har bir davlat yalpi ichki mahsulot salmog‘ini ortishi, uning eksport salohiyatini yuksalishida, tabiiyki, aynan shu davlatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning dunyo standartlari talablariga to‘la javob berishi bilan baholanadi.

Bu borada Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat korxonasi tomonidan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan chambarchas ishlar olib borilmoqda.

Samarqand viloyat hokimligi tomonidan viloyatidagi 23 ta mahsulot eskport qiluvchi istiqbolli hisoblangan hamda “O‘zstandart” agentligi bilan kelishuvi asosida tarmoq jadvaliga kiritilgan korxonalarda sifat tizimini boshqarish, uning imtiyozlari va afzalliklarini tushuntirish maqsadida joriy yilning 23 yanvar kuni xalqaro darajada tan olingan “O‘rta Osiyo Russkiy Registr” xususiy korxonasining sertifikatlashtirish idorasi rahbari va eksper-auditorlari ishtirokida “Sifatni boshqarish tizimi – jahon bozoriga eltuvchi yo‘l” mavzusida o‘quv seminar treningi o‘tkazildi.

Shuningdek, o‘quv seminarda Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi va sinov va sertifikatlashtirish markazining sifat bo‘yicha ekspert-auditorlari ham korxonalarga bilim va amaliy ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashishdi. Seminar ishida taklif etilgan korxonalar o‘z maxsulotlarini halqaro standartlar asosida chetga eksport kilinishi yuzasidan uzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.