Inson tana xaroratini o‘lchashda qo‘llaniladigan tibbiyot termometrlari

Inson salomatligini ta’minlashda respublikamizda katta ko‘lamli ishlar bir necha yillardan beri amalga oshirib kelinmoqda. Hususan inson tana xaroratini o‘lchashda tibbiyot termometrlarini turi hozirgi kunda yurtimizda ko‘payib bormoqda. Tibbiyot termometrlari ikki turga bo‘linadi: raqamli va simobli.

Xozirgi kunda Respublikamizdagi deyarli barcha honadonlarda insonning tana xaroratini o‘lchash uchun simobli tibbiyot termometrlari mavjud. Ushbu termometrning o‘lchash chegarasi 35 °S dan 42 °S gacha bo‘lib, o‘lchashlardagi xatoliklari 0,1 °S tashkil qiladi. “MXKM” DK da ushbu tibbiyot termometrlarini qiyoslash ishlari GOST 8.250-77 asosan olib boriladi. Chet eldan kirib kelayotgan tibbiyot termometrlari GOST 31516-2012 ga asosan sinchiklab sinash ishlari olib boriladi va Uzbekiston Respublikasi o‘lchov vositalari davlat reyestriga kiritiladi.

Respublikamizga hozirgi kunda chet el davlatlaridan raqamli tibbiyot termometerlari olib kirilmoqda. Ularning afzalliklari inson tana xaroratini o‘lchash ishlari yakunida maxsus ovozli signal berishidir. O‘lchash chegarasi xuddi simobli termometrlaridek 35 °S dan 42 °S gacha bo‘ladi. O‘lchashlardagi xatolilari ham 0,1 °S .

Bolalar uchun maxsus ishlab chiqarilgan raqamli termometrlar ham mavjud.