Tadbirkorlarning murojaatlari qonoaatlantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.11.2015 yildagi “Siqilgan gaz, suyultirilgan neft gazi yoki dizel yoqilg‘isi va gaz aralashmasida ishlovchi avtotransport vositalaridan xavfsiz foydalanish uchun Umumiy texnik reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 326-sonli qarori ijrosini joylarda ta’minlash, ya’ni sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyalash yuzasidan boshqarmaga tadbirkorlik sub’ektlaridan bir qancha murojaatlar tushdi. Ushbu murojaatlarga asosan boshqarmada “Sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyaga tayyorlash xizmati” yo‘lga qo‘yildi. 2016 yil davomida viloyatdagi 9 ta sinov laboratoriyalariga shartnoma asosida laboratoriya nizomi, jarayon hujjatlari, mansab yo‘riqnomalari, normativ hujjatlar ilan ta’minlashda yaqindan yordam ko‘rsatildi, xodimlarga sohaga doir zarur ma’lumotlar berildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 3 ta laboratoriya akkreditatsiya qilindi, 6 ta laboratoriyalarda 2017 yilning 1 choragida akkreditatsiyalash ishlarini yakuniga yetkazish rejalashtirilgan. Ushbu yo‘lga qo‘yilgan xizmat orqali tadbirkorlik sub’ektlarga qulayliklar yaratish bilan birga boshqarma xodimlarining moddiy jihatdan ta’minotining oshishiga ham erishilmoqda.