Metrologiya Sport anjomlari xavfsizligini ta’minlashga kirishdi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 iyundagi 202-sonli «Xalqaro sifat standartlariga va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan sport asbob-uskunalari va anjomlari ishlab chiqarishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan majburiy tartibda sertifikatlanadigan maxsulotlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi. Majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar ro‘yxatiga “o‘lchash ruletkalari va sekundomer” o‘lchov vositalari xam kiritilgan.
Shu sababli Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazinig sertifikatlashtirish idorasi akkreditatsiya doirasini “o‘lchash ruletkalari va sekundomer” o‘lchov vositalari bilan kengaytirildi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va olib kiriladigan sport asbob uskunalari va anjomlari sifatini oshirish hamda ularni raqobatbardoshligini oshirishdir.