O‘quv seminarlari o‘tkazildi
Qoraqolpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tuman va shaharlar kesmida hokimliklarda Savdo-sanoat platasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘ztadbirkoreksport” Kichik-biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish Fondi vakillari bilan hamkorlikda hududlarda joylashgan korxonalarda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat tizimlarini joriy etish sohalariga oid seminarlar o‘tkazish rejasi ishlab chiqildi.
Ushbu o‘quv seminarlarni o‘tkazish rejasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy, Amudaryo, Chimboy, Qonliko‘l tumanlari va Nukus shahridagi korxonalar va tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirokida o‘quv seminarlari o‘tkazildi. Asosiy maqsad ularni Hukumat qarorlarida belgilab qo‘yilgan imtiyozlardan xabardor qilish hamda 2017 yil davomida bunday uchrashuvlarni eksporter korxonalar uchun ko‘proq o‘tkazish belgilab olindi.
Bu kabi o‘quv seminarlarda ishtirokchilar xalqaro standartlarda belgilagan talablarga muvofiq boshqaruv tizimini joriy etishning afzalliklari, sifat tizimni joriy etgan korxonalarning faoliyatida yuz berayotgan o‘zgarishlar va erishayotgan yutuqlari, ularga hukumat tomonidan qarorlarda belgilab quyilgan soliq va boshqa majburiy tulovlarda iqtisod qilish imkonini beruvchi yengilliklar va imtiyozlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berib borilmoqda.