Sifat tizimlarini joriy etishning ahamiyati mavzusida seminar o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 21 noyabrdagi Rayosat majlisi 104s-sonli bayonining 1-son ilovasiga muvofiq, Toshkent shahar xokimi tomonidan o‘quv seminar jadvali tasdiqlangan.
Ushbu tasdiqlangan jadvalga asosan, 2017 yil 16 yanvar kuni Yashnobod tuman xokimligida Bektemir, Mirobod va Yashnobod tumanlarida joylashgan eksportyor korxonalarda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish bo‘yicha yuzaga keladigan savollar xamda menejment tizimlarini joriy etish sohalariga oid o‘quv seminari o‘tkazildi.
“Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi Sifat tizimlarini joriy etish bo‘limi boshlig‘i A.Rasulov, xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish ahamiyati hamda standartlashtirish metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish sohalariga oid qonun va qonun osti xujjatlari haqida ma’ruza qildi.
Ushbu seminarda sifat tizimlarini joriy etish istagini bildirgan korxonalarga bugungi kunda mahsulotni eksport qilishda sifat tizimlarini ahamiyati, xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etgan eksporter korxonalarga xukumat tomonidan berilgan imtiyozlar to‘g‘risida batafsil tushuntirib o‘tildi va sertifikatni olish bilan bog‘liq jarayonlar muhokama qilindi. Seminarda ishtirok etgan korxona vakillariga shartnoma nusxalari taqdim etildi.