O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 326-sonli qarori bilan “Siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan gaz yoki dizel va gaz yoqilg‘isi aralashmasi bilan ishlaydigan transport vositalari xavfsizligi umumiy texnika reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Umumiy texnik reglament tasdiqlandi.
Ushbu texnik reglament rasmiy e’lon qilingan paytdan e’tiboran olti oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Texnik reglament siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan gaz yoki dizel va gaz yoqilg‘isi aralashmasi bilan ishlaydigan N va M kategoriyadagi transport vositalarini ishlab chiqarish (qayta jihozlash) va foydalanishda xavfsizligiga bo‘lgan talablarni belgilaydi va O‘zbekiston Respublikasi xududida majburiy qo‘llaniladi.