Aziz yurtdoshlar, hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda ekanligini ma’lum qiladi.

Davlatimiz siyosatining dolzarb muammolaridan biri boʻlgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish hamda oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shu oʻrinda, ushbu murojaat orqali bizning faoliyatimiz bilan bogʻliq korrupsiya yoki boshqa qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz darhol 1880 qisqa raqamiga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilishingizni soʻrab qolamiz.

Shuningdek, quyidagi rasmiy sayt, elektron pochta va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali ham istalgan vaqtda bevosita murojaat qilishingiz mumkin:

www.standart.uz
uzst@standart.uz
www.fb.com/uzstandard
www.instagram.com/uzstandard
t.me/uzstandartga_savollar_bot